Har bir bosqichni kuzatish
Har bir bosqichni kuzatish Amway mahsulotlarining o‘ziga xos
jihati bo‘lib,
“urug‘dan qadoqqacha” bo‘lgan shaffof yo‘l orqali mahsulotning butun ishlab chiqarish
jarayonini
kuzatish va nazorat qilish imkonini beradi. Bu siz va oilangiz uchun xarid qilayotgan
mahsulotlar
xavfsizligining eng ishonchli kafolatidir.
NutriCert™ — o‘simlik tarkibiy qismlarining foydasi
NutriCert™ Amway hamkor fermalarini sertifikatlash bo‘yicha noyob
dastur
bo‘lib, o‘simlik tarkibiy qismlarini yetishtirishning yuqori standartlarini
kafolatlaydi. Har bir
ferma barcha bosqichlarni kuzatish imkoniyati, ekologik barqarorlik va ijtimoiy
mas’uliyat bo‘yicha
qat’iy talablarga javob berishi kerak. Bu Amway mahsulotlaridagi o‘simlik tarkibiy
qismlarining sifati
va xavfsizligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.
Xavfsiz tarkibiy qismlar
Xavfsiz tarkibiy qismlar Amwayning asosiy tamoyillaridan biridir.
Mahsulot
tarkibidagi komponentlar sinchkovlik bilan tanlanadi va qat’iy sifat hamda xavfsizlik
standartlariga
muvofiqligi tekshiriladi. Yordamchi tarkibiy qismlardan esa faqat zarur miqdorda
foydalaniladi. Bunday
yondashuv tarkibi va sifatiga ishonch bildirish mumkin bo‘lgan mahsulotlarni yaratishga
yordam beradi.
ECO&Animal Friendly
Formulalarimiz Veganlar jamiyatida ro‘yxatdan o‘tgan va
hayvonlarda sinovdan o‘tkazilmaydi. Ular tarkibida parabenlar, ftalatlar, sulfatli
sirt-faol moddalar, mineral moylar va sun’iy bo‘yoqlar mavjud emas.