Eng muhim qadriyatlar uchun g‘amxo‘rlik bilan tozalik
Samaradorlik, xavfsizlik va ekologik yondashuvni uyg‘unlashtirgan, yillar davomida ishonch qozongan uy uchun vositalar.
Sog‘lom uy va undagi barcha narsa
Sog‘lom uy uchun suv va havoni tozalashning innovatsion tizimlari haqida ko‘proq bilib oling.
Mehr bilan taom tayyorlang
Amway Home™ oshxona idishlari, texnikasi va aksessuarlari ekologik va funksional yechim bo‘lib, siz va oilangiz uchun yaratilgan.
Amway L.O.C.™ brendi tarixi
Amwayning ilk mahsuloti
Dastlab Frisk Liquid Organic Cleaner nomi bilan tanilgan LOC™ Amwayning ilk mahsuloti bo‘lib, dunyodagi ilk biologik
parchalanuvchi universal tozalash vositalaridan biriga aylandi.
Amway Grand-Rapidsda
1959-yilda Rich DeVos va Jay Van Andel Michigan shtatining Grand-Rapids shahrida Amway kompaniyasiga asos solishdi. Kompaniya tarixi aynan LOC™ mahsulotidan boshlandi. Ekologik yondashuv asosida yaratilgan konsentrlangan tozalash vositasi sifat, innovatsiya va uyga g‘amxo‘rlik ramziga aylandi.
Tozalikka yangicha yondashuv
LOC™ odatiy tozalash vositalaridan ajralib turardi: u konsentrlangan, universal va shu bilan birga atrof-muhit uchun xavfsizroq edi. Bu Amway’ga uy uchun mahsulotlar toifasida o‘z standartini shakllantirishga yordam berdi
Biznes modelining asosi
LOC™ muvaffaqiyati Amway’ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo tizimi rivojlanishiga asos bo‘ldi. Mahsulot mustaqil tadbirkorlar tomonidan shaxsiy tavsiyalar orqali tarqatilgan bo‘lib, bu kompaniyaning tez o‘sishi va xaridorlar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatishiga yordam berdi.
Global rivojlanish sari qadam
LOC™ mahsulotining ommalashuvi Amway’ning kengayishi uchun mustahkam asos yaratdi. Dastlabki yillardayoq kompaniya o‘z faoliyatini AQShdan tashqariga kengaytirdi, keyinchalik esa go‘zallik mahsulotlaridan tortib nutritsevtikagacha bo‘lgan yangi yo‘nalishlarni rivojlantira boshladi.
LOC™ merosi
LOC™ shunchaki tozalash vositasi bo‘lib qolmay, Amway DNKsining muhim qismiga aylandi. U brendning ilk qadriyatlari — innovatsion yondashuv, mas’uliyat, sifat hamda insonlarga uy va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilishda yordam beradigan mahsulotlar yaratishga intilishni o‘zida mujassam etdi.
Davomi bor
Amway kompaniyasi bozorda yangi yo‘nalishlarni belgilab, hamkorlar va mijozlarni yoqimli yangiliklar bilan hayratda qoldirishga intiladi. Uyingiz uchun innovatsion va zamonaviy yechimlarni kuting.
eSpring™ suv tozalash tizimi
Amway Home™ kir yuvish
va tozalash vositalari
Amway Cookware™ oshxona idishlari
Atmosphere Mini™
havo tozalash tizimi
Sog‘lom uy va undagi barcha narsa
Sog‘lom uy — bu har kuni tozalik, xavfsizlik va qulaylik. Amway mahsulotlari havo va suv sifatini saqlash, foydali taomlar tayyorlash, uyda ozodalikni ta’minlash va yashash yoqimli bo‘lgan muhit yaratishga yordam beradi.
Amwayning xavfsiz uy tamoyillari
Amway Healthy Home™ ishonchlilik va amaliylikni uyg‘unlashtiradi: mahsulot formulalari nafaqat xavfsiz bo‘lishi, balki kundalik uy sharoitida ham samarali ishlashi kerak.
Tabiat bilan uyg‘unlik
Uydagi tozalik atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak. Vositalarimiz biologik parchalanadi, suvda to‘planib qolmaydi va ekologik jihatdan xavfsiz.
Xavfsizlik
Barcha vositalar dermatologik sinovlardan o‘tgan va gipoallergenligi tasdiqlangan. Bu, ayniqsa, uyda bolalar bo‘lsa, juda muhim.
Tejamkorlik
Puxta ishlab chiqilgan formulalar vositalardan tejamkor foydalanishni ta’minlab, uyga kundalik g‘amxo‘rlikni oqilona va hamyonbop qiladi.