www.amway.uz veb-saytidan foydalanish qoidalari va shartlari
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Saytdan foydalanish shartlari [saytni koʻrsating] (uyida – «Shartlar» yoki «Saytdan foydalanish shartlari») «ACAU» MChJ XK va foydalanuvchi (quyida birgalikda tilga olinganida «Tomonlar», alohida – «Tomon») oʻrtasida Amway veb-saytidan (quyida – «Sayt» yoki «Amway veb-sayti»), Sayt Servisidan foydalanish jarayonida va foydalanuvchiga (quyida – «Foydalanuvchi») xizmatlarni koʻrsatishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
1.2. Tomonlarning munosabatlari tegishli Servisdan foydalanishni va/yoki Foydalanuvchiga xizmatlar koʻrsatishni tartibga soluvchi alohida hujjatlar va kelishuvlar bilan, shu jumladan:
- «ACAU» MChJ XK ning biznesni yuritish siyosati, Amway Xatti-harakatlar qoidalari, «ACAU» MChJ XK ning Axloq kodeksi va AMT/Roʻyxatga olinan mijozga aylanish istagida namunaviy Roʻyxatdan oʻtish shakllari va namunaviy shartnomalarning shartlari;
- «ACAU» MChJ XK da Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisida nizom (quyida – «Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisida nizom») bilan qoʻshimcha ravishda hal qilinishi mumkin.
1.5. Amway Mustaqil Tadbirkorlari (AMT)ga/Roʻyxatga olingan mijozlarga nisbatan Amway Biznesni yuritish siyosati/Mijozlar uchun hamkorlik shartlari va qoidalari, Amway Xatti-harakatlar qoidalari qoʻllanadi, tovarlar yoki xizmatlar xarid qilinganida esa ularga rioya qilinishi kerak.
1.6. Saytdan foydalanish shartlari vaqti-vaqti bilan oʻzgarishi mumkin. Yangilangan versiyalar Amway veb-saytiga joylashtiriladi va ular chop etilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Amway veb-saytidan foydalanganda, mazkur «Saytdan foydalanish shartlari» yangilangani yoki oʻzgarganini muntazam tekshirishni tavsiya etamiz.
1.7. Amway veb-sayti Amway kompaniyasi, Amway Biznesining imkoniyatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasida taqdim etilgan Amway mahsulotlari va xizmatlari haqidagi axborotni taqdim etadi. Amway kompaniyasi Saytdan boshqa mamlakatlardan turib foydalanganlik uchun hech qanday javobgar boʻlmaydi.
2. Saytdan foydalanish qoidalari
2.1. Foydalanuvchi Shartlarga rozi boʻlishi va ularga qoʻshilishi sharti bilangina Saytdan foydalanish mumkin. Foydalanuvchining Saytda roʻyxatdan oʻtishi uning Shartlarga roziligini ifodalaydi. Saytning asosiy funksionalidan foydalanish imkoniyati uchun Foydalanuvchi Akkaunt yaratadi.
2.2. Akkauntni roʻyxatdan oʻtkazayotganda Foydalanuvchi tomonidan dolzarb va haqiqatga toʻgʻri keladigan axborot, shu jumladan familiya, ism, jins, tugʻilgan sana va boshqa ma'lumotlar koʻrsatiladi. Saytga kirish uchu Foydalanuvchi tomonidan unikal akkaunt ma'lumotlari – maxfiy va oshkor qilinmaydigan (amaldagi qonunchilikda va/yoki «ACAU» MChJ XK tomonidan oʻrnatilgan qoidalarda koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno) axborot hisoblangan login va parol shakllantiriladi. Parol yoʻqotilishi munosabati bilan Foydalanuvchining Akkaunti bilan sodir etiladigan firibgarlik va boshqa gʻayriqonuniy harakatlar xavfi Foydalanuvchining zimmasida boʻladi.* Paroldan uchinchi shaxslar foydalanishining oldini olish uchun Foydalanuvchiga etarlicha murakkab boʻlgan parolni tanlash tavsiya etiladi.
2.3. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari hamda Foydalanuvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtayotgan paytda koʻrsatilgan, unga taalluqli boʻlgan boshqa ma'lumotlar, xususan:
• Tugʻilgan sanasi;
• Jinsi;
• Amway veb-saytidagi Akkaunt nomi;
• Amway veb-saytidagi Akkaunt paroli;
• Amway veb-saytiga pin-kod;
• Tugʻilgan sanasi (yoshi);
• Haqiqiy yashash manzili;
• Haqiqiy yashash manzili; Roʻyxatdan oʻtish manzili;
• Buyurtmalar yetkazib beriladigan manzil;
• Elektron pochta manzili (E-mail);
• Fuqaroligi haqidagi ma'lumotlar;
• Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta, pasport) ma'lumotlari, shu jumladan hujjat seriyasi va raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan;
• Pasportning skan-nusxasi, 2-3 bet;
• Aloqa telefon(lar)ining raqam(lar)i;
• Mobil telefon(lar) raqam(lar)i;
• Fvks(lar) raqam(lar)i;
• Homiyning ma'lumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi va raqami;
• Halqaro homiyning ma'lumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi, mamlakati, raqami;
• Taynlangan shaxsning ma'lumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi, sharifi, pasport raqami va seriyasi, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgani, tugʻilgan sanasi;
• Amway identifikatsiya raqami;
• Bank, kredit, debet kartalari boʻyicha axborot va/yoki boshqa toʻlov ma'lumotlari;
• Cookie fayllar;
• Kasbi;
• Tugʻilgan joyi;
Shartlarni ijro etish, Foydalanuvchiga servislarni taqdim etish, Sayt yordamida xizmatlarni koʻrsatish uchun «ACAU» MSJ XK, Amway (Sayt ma'muriyati) tomonidan qayta ishlanadi.
2.4. Foydalanuvchi Shartlarga qoʻshilgan va ma'lumotlarni Akkauntda joylashtirgan holda, Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidani nizomga muvofiq «ACAU» MSJ XK, Amway (Sayt ma'muriyati) tomonidan oʻzining shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanishiga roziligini bildiradi.
2.5. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashdan maqsad unga, Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi nizomda koʻzda tutilgan maqsadlar uchun Amway xizmatlarini koʻrsatish, Servislar, Saytdan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish va boshqalardan iborat.
2.6. Saytga ilgari roʻyxatga olingan Foydalanuvchi sifatida kirish har safar avtorlashish prosedurasidan oʻtish, ya'ni Foydalanuvchining login va parolini kiritish yoʻli bilan cookies texnologiyasidan va boshqa usullar yordamida avtomat tarzda avtorlashish natijasida elektron pochta orqali olingan giperhavola boʻyicha oʻtish orqali amalga oshiriladi.
2.7. Saytda avtorlashgan shaxs, shunday avtorlashish natijasida Akkauntdan foydalanish va boshqarish imkoniyatini olgan Foydalanuvchi Akkauntining tegishli egasi hisoblanadi.
2.8. Foydalanuvchi Saytga kirganida Foydalanuvchini Saytda avtomat avtorlashtirish maqsadida hamda statistika ma'lumotlarini, xususan Saytga kirilishi haqidagi ma'lumotlarni toʻplash uchun cookies texnologiyasi qoʻllanishi mumkin.
2.9. Foydalanuvchi brauzerning tegishli sozlanmalarini qoʻllash yoʻli bilan cookies texnologiyasidan foydalanishni cheklashga yoki uni taqiqlashga haqli.
2.10. Parol yoʻqolishi, Profil blokirovka qilinishi va boshqa sabablarga koʻra avtorlashishni amalga oshirish imkoni boʻlmaganida, Foydalanuvchi Sayt Ma'muriyatining koʻmak xizmatiga murojaat qilishga haqli. Akkauntga kirishni, Foydalanuvchini avtorlashtirishni tiklash usullari Ma'muriyat tomonidan bir tomonlama tartibda oʻzgartirilishi, bekor qilinishi yoki toʻldirilishi mumkin.
2.11. Sayt Ma'muriyati Saytning tunu-kun rejimida ishlashini ta'minlaydi, biroq texnik nosozliklar yoki profilaktika ishlarining oʻtkazilishi bilan bogʻliq uzilishlar boʻlmasligini kafolatlamaydi. Ma'muriyat kelgusida istalgan konkret vaqtda Sayt yoki uning istalgan Servisi ishlab turishini yoki ular ishini toʻxtatishini kafolatlamaydi.
2.12. Foydalanuvchi Saytdan foydalanganda, Foydalanuvchining kompyuteriga zararli dasturiy ta'minot salbiy ta'sir koʻrsatishining, Akkauntga vijdonsiz kirish holatlarining, parolni oʻgʻirlash va Foydalanuvchi uchun boshqa salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadlarida Kontentga, ayniqsa Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Kontentga, boshqa materiallar va axborotga nisbatan, shuningdek Saytda joylashtirilgan giperhavolalar boʻyicha oʻtganda, har qanday fayllardan, shu jumladan dasturiy ta'minotdan foydalanganda ehtiyot choralariga rioya qilishi lozim.
2.13. Foydalanuvchiga xizmatlarni koʻrsatish, Sayt Servislaridan foydalanish tartibi Saytga joylashtiriladigan tegishli materiallarda tavsiflanadi.
2.14. Parol bilan hisoyalangan Amway veb-saytining boʻlimlari faqat AMT va ularning mijozlari, Oʻzbekiston Respublikasida Roʻyxatdan oʻtgan mijozlar uchun moʻljallangan. Agar birorta AMTni bilmasangiz, biroq ulardan biri bilan bogʻlanishni istasangiz, iltimos, www.amway.uz saytidagi aloqa uchun shakldan foydalaning.
2.15. Amway veb-saytidan foydalanish paytida Amway kompaniyasiga taqdim etiladigan butun axborot haqqoniy, toʻliq va dolzarb boʻlishi kerak. Agar bizda taqdim etilgan axborot haqqoniy va toʻliq emas yoki eskirgan deb hisoblash uchun asoslar paydo boʻlsa, Amway veb-saytiga kirish cheklanishi yoki blokirovka qilinishi mumkin.
2.16. www.amway.uz saytiga buyurtmani joylashtirgan holda, siz «ACAU» MChJ XK dan mahsulot sotib olasiz va ushbu manba orqali «Saytdan foydalanish shartlari» bilan tanishganingizni tasdiqlaysiz.
3. Mualliflik huquqlari va Amway veb-saytining materiallaridan foydalanish
3.1. Amway veb-sayti va Amway veb-saytida taqdim etilgan materiallar intellektual mulk huquqlari bilan, shu jumladan mualliflik huquqlari, savdo nomlari va savdo markalariga boʻlgan huquqlar, xususan «Amway» tovar belgisiga boʻlgan huquqlar bilan himoyalangan boʻlib, Amway kompaniyasiga tegishli yoki Amway tomonidan lisenziya boʻyicha yoki ushbu huquqlar egasining ruxsati bilan foydalaniladi. Bunday intellektual mulk huquqlari bilan himoyalangan materiallar uning dizaynini, maketini, tashqi koʻrinishini, bezalishini, grafikasini, fotosuratini, tasvirini, maqolalarini, hikoyalarini va Amway veb-saytida ochiq boʻlgan boshqa materiallarni (quyida «Veb-sayt materiallari») oʻz ichiga oladi.
3.2. Veb-sayt materiallarini faqat Amway kompaniyasining oldindan beradigan yozma roziligi asosida takrorlash, tarqatish, chop etish yoki boshqacha tarzda ommaga taqdim etish mumkin. Amway kompaniyasi ushbu qoidadan istisno sifatida AMT ga/ Roʻyxatdan oʻtgan mijozlarga faqat AMT oʻz biznesini Veb-sayt materiallarini yuklab olish, saqlash, bosib chiqarish, nusxa koʻchirish, tarqatish va namoyish qilish yoʻli bilan amalga oshirishi maqsadida, Materiallar oʻzgartirilmasligi, agar Veb-saytning biror-bir materiali uchinchi shaxslarga oshkor etilayotgan boʻlsa, axborot manbaiga havola berilishi sharti bilan, Veb-sayt materiallaridan foydalanishga cheklangan, maxsus boʻlmagan, chaqirib olinadigan lisenziyani taqdim etishi mumkin. Agar Sizda Veb-sayt materiallaridan foydalanishga doir qoʻshimcha savollar boʻlsa, iltimos, aloqa uchun shakl orqali biz bilan bogʻlaning.
3.3. Amway Veb-saytining parol bilan himoyalangan boʻlimlaridan foydalanish huquqi AMT uchun, Amway tomonidan keyingi biror-bir harakatlarsiz, AMT Shartnomasining amal qilishi toʻxtashi bilan tugaydi. AMT Shartnomasining amal qilishi toʻxtagan taqdirda, AMT saqlangan, bosib chiqarilgan yoki nusxa koʻchirilgan barcha materiallarni oʻchirib tashlashi yoki yoʻq qilishi lozim (agar ular qonunchilik talablariga muvofiq saqlanishi kerak boʻlmasa).
4. Boshqa veb-saytlarga havolalar
4.4. Amway kompaniyasi Amway kompaniyasining nazoratidan tashqarida boʻlgan boshqa veb-saytlarga havolalar joylashtirishi mumkin. Amway bunday begona veb-saytlar tomonidan taqdim etiladigan axborot yoki materiallar uchun javobgar boʻlmaydi. Biz bunday veb-saytlardan foydalanishdan yoki bu veb-saytlarga yoki ular orqali biror-bir shaxsiy ma'lumotni yoki boshqa har qanday axborotni taqdim etishdan oldin barcha begona veb-saytlarning foydalanish shartlari va maxfiylik toʻgʻrisidagi nizomi bilan tanishishni tavsiya etamiz.
5. Boshqa saytlarda Amway veb-saytiga beriladigan havolalar
5.5. Begona veb-saytlardan www.amway.uz saytiga havolalarni qoʻyish uchun Amway kompaniyasining oldindan beradigan yozma roziligi kerak. Agar Siz havolani boshqa veb-saytlarga joylashtirmoqchi boʻlsangiz, iltimos, aloqa uchun shakl yordamida biz bilan bogʻlaning.
6. Javobgarlikning cheklanishi, kafolatlar taqdim etishni rad qilish va zararni qoplash
6.1. Amway kompaniyasi qoʻllanadigan qonunchilikda ruxsat etilgan doirada har qanday bevosita, bilvosita yoki boshqa zarar uchun, shu jumladan, biroq bu bilan cheklanmasdan, Sizning Amway veb-saytidan foydalanishingiz yoki unga kirishingiz yoki Amway veb-saytidan yoki uning mazmunidan foydalanish yoki unga kirish imkoniyati yoʻqligi natijasida yoki shu munosabati bilan yuzaga keladigan moddiy zarar, foydalanish imkoniyatining yoʻqotilishi, tijorat imkoniyatlarining yoʻqotilishi, iqtisodiy yoʻqotishlar, ma'lumotlar yoʻqotilishi yoki boy berilgan manfaat uchun javobgar boʻlmaydi.
6.2. Amway kompaniyasi ushbu Veb-saytda taqdim etiladigan axborot va materiallarning toʻgʻriligini ta'minlash uchun barcha harakatlarni amalga oshiradi. Shunga qaramasdan, Amway kompaniyasi mazkur Veb-saytdagi barcha axborot va materiallarning aniq ekanini kafolatlay olmaydi. Biz ushbu Veb-saytning ishlashi uzilishsiz yoki xatolardan xoli boʻlishini yoki ushbu Veb-sayt viruslardan yoki uskunalarga yoki dasturiy ta'minotga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa komponentlardan xoli boʻlishini kafolatlay olmaymiz. Amway kompaniyasi Amway veb-sayti Siz ishlatishingiz mumkin boʻlgan har qanday uskuna va dasturiy ta'minot bilan mos kelishini va Amway veb-sayti har joim yoki istalgan konkret paytda ochiq boʻlishini kafolatlamaydi.
6.3. Siz, Veb-saytdan foydalanar ekansiz, «Saytdan foydalanish shartlarini» buzishingiz yoki Amway veb-saytidan foydalanishingiz bilan bogʻliq zararlarni qoplashga, Amway kompaniyasini ehtimoliy shikoyatlar va ziyonlardan himoya qilish va xavfsizlantirishga rozi boʻlasiz.
7. «Saytdan foydalanish shartlari»ni buzganlik uchun Amway veb-saytiga kirishning cheklanishi yoki blokirovka qilinishi
7.1. Mazkur «Saytdan foydalanish shartlari» buzilgan taqdirda, ayniqsa Amway veb-saytidan yoki Amway veb-saytining alohida elementlaridan ushbu Shartlarda koʻzda tutilganlaridan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, Amway veb-saytiga kirish cheklanishi yoki blokirovka qilinishi mumkin.
7.2. Amway, umuman olganda, istalgan paytda Amway veb-saytining ishlashini yoki uning mazmunini qisman yoki toʻliq oʻzgartirish, blokirovka qilish yoki toʻxtatish huquqini oʻzida qoldiradi.
8. Boʻlinish haqida nizom
8.1. Agar ushbu «Saytdan foydalanish shartlari»ning qoidalaridan biri haqiqiy emasga aylansa yoki sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilsa, bu qolgan shartlarning haqiqiyligiga ta'sir qilmaydi.
9. Qoʻllanadigan huquq
9.1. Amway veb-saytidan foydalanish va mazkur «Saytdan foydalanish shartlari», agar qonun bilan boshqasi oʻrnatilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
*Iltimos, quyidagilarga e'tibor bering: parollarni uchinchi shaxslarga berish mumkin emas, ularni ruxsatsiz kirishdan himoyalash kerak. Agar parolingizdan ruxsatsiz foydalanish yuz bergani haqida xabar topsangiz, bu haqda darhol Amway kompaniyasini habardor qilishingiz lozim. Amway parollardan notoʻgʻri foydalanganlik natijasida yetkazilgan zarar uchun hech qanday javobgar boʻlmaydi.