To'plamga kiradi

Nutrilite™
Omega-3 Kompleks Plyus

UZS 673,000.00
UZS 572,050.00572050.0
Ro'yxatdan o'tgandan keyingi narx:
Artikul: 126136
Og'irligi/hajmi: 60 kaps.
Miqdori:

    Materiallar kutubxonasi

    Nutrilite™ Omega-3 Kompleks Plyus

    Bu so‘nggi ilmiy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan butun organizm salomatligini faol qo‘llab-quvvatlashning innovatsion formulasidir. Mahsulot ekologik toza dengiz va o‘simlik manbalaridan olingan yuqori konsentratsiyali Omega-3 yog‘ kislotalari: Eykozapentayen kislotasi (572 MG), Dokozageksayen kislotasi (428 MG) va Alfa-linolen kislotasini (EPK, DGK va ALK) o‘z ichiga oladi.

    Комплекс Омега-3 Комплекс Омега-3

    Mahsulotning asosiy xususiyati

    Omega-3 kislotalarining organizmga 3 barobar samarali kirishini ta’minlaydigan patentlangan o‘zlashtirish texnologiyasi. Bu siz mahsulotdan maksimal foyda olishingizni anglatadi.

    Bu mahsulot kimlar uchun mos keladi:

    • Oila ikonchasiButun oila uchun (shifokor tavsiyasiga ko‘ra kattalar va 14 yoshdan katta bolalar)
    • Foydalanuvchi ikonchasiMaktab o‘quvchilari, talabalar va ishlovchilar uchun
    • Keksa odam ikonchasiKeksalar uchun
    • Yurak ikonchasiYurak, qon tomirlari va miya salomatligi haqida qayg‘uradiganlar uchun
    • Qo‘l ikonchasiYoshga oid o‘zgarishlarning oldini olish uchun
    • Qon tomchisi ikonchasiXolesterin va bosimni me’yorda ushlab turish uchun
    Фото семьи Дочь показывает матери комплекс Omega3

    Yaroqlilik muddati: Qadoqda ko‘rsatilgan ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil

    Saqlash shartlari: +5 dan +32°C gacha haroratda saqlansin

    Ishlab chiqaruvchi davlat: AQSH


    Mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat olingan. Barcha mahsulotlar O‘zMSt 166:2024 “Biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari. Umumiy texnik shartlar” milliy standarti talablariga to‘liq javob beradi.
    NUTRILITE™ biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari faqat shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan. Dori vositasi hisoblanmaydi. BADni realizatsiya qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshiriladi. NUTRILITE™ biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalarini «ACAU» XK MChJ kompaniyasining do‘konlarida hamda kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali faqat kompaniya O‘zbekistonda rasman ishga tushirilganidan so‘ng xarid qilish mumkin.
    Barchasini ko‘rsatish
    Изображение продукта пещевой добавки Omega 3
    • иконка днк

      Patentlangan o‘zlashtirish texnologiyasi o‘zlashtirishni 3 barobar yaxshi ta’minlaydi.

    • иконка экологии

      Ekologik tozalik va xavfsizlik. Peru oqimining eng toza suvlaridan faqat mayda baliqlar (anchouslar) dan foydalanamiz. Toksinlar va og‘ir metallar bilan ifloslanishning minimal xavfi.

    • иконка рыбы

      Baliq yog‘i 9 bosqichli tozalash jarayonidan o‘tadi, bu esa bizning biologik faol qo‘shimchamiz uchun eng toza va zararsiz yog‘ni olish imkonini beradi.

    • инонка витамина Е

      2 ta kapsula quyidagilarni o‘z ichiga oladi: E vitamini - 20 MG va Omega-3 yog‘ kislotalari - 1000 MG dan ortiq (EPK - 572 MG, DGK - 428 MG, ALK - 22 MG).

    • иконка масла

      ALK chia urug‘i moyidan tayyorlanadi, bunda chia urug‘lari to‘liq sifat nazorati ostida shaxsiy fermalarimiz va Nutrilite™ hamkor fermalarida yetishtiriladi.

    Sertifikatlash

    Friend of the Sea

    Baliq ovlash tabiatdan oqilona foydalanish tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi va okean ekotizimlariga barqaror yondashuv va g‘amxo‘rlikni kafolatlovchi FOS (Friend of the Sea) xalqaro sertifikati bilan tasdiqlangan.

    Логотип Friends of the sea

    GOED

    Bundan tashqari, mahsulot yuqori Omega-3 sifat standartlarini targ‘ib qiluvchi va EPK va DGKning sog‘liq uchun foydasi haqida xabardorlikni oshiruvchi global birlashma — GOED tashkiloti talablariga javob beradi.

    Логотив GOED

    NSF

    NSF sertifikati omega-3 kompleksi sifat, tozalik va xavfsizlik bo‘yicha mustaqil tekshiruvdan o‘tganligini tasdiqlaydi: u zararli aralashmalardan xoli, belgilangan tarkibga mos keladi va qat’iy standartlar asosida ishlab chiqariladi. Bu iste’molchiga qo‘shimchaning ishonchliligi va samaradorligini kafolatlaydi.

    Логотив NSF

    Halol-sertifikatlangan mahsulot

    Логотив Халал-сертифицированный

    Biz yuqori sifat standartlarini va iste’molchilar, OAV va tibbiyot xodimlarini Omega-3 oilasiga mansub EPK va DGKning ahamiyati haqida xabardor qilish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Nutrilite™ Omega-3 Kompleks Plyus ishlab chiqarilishida dunyo okeanining eng boy va barqaror hududlaridan biri bo‘lgan Peru oqimining ekologik toza suvlaridan ovlangan baliqlardan foydalaniladi.

    Barchasini ko‘rsatish
    Modda (nomi) 1- / 2-kapsuladagi tarkib 2 kapsuladagi tavsiya etilgan kunlik ehtiyojning %*
    Vitamin Е (D-alfa-tokoferol) 10 mg / 20 mg 200%**
    Omega-3 oilasiga mansub polito‘yinmagan yog‘ kislotalari: Eykozapentayen kislotasi (EPK) 286 mg / 572 mg 95,3%***
    Omega-3 oilasiga mansub polito‘yinmagan yog‘ kislotalari: Dokozageksayen kislotasi (DKG) 214 mg / 428 mg 61%***
    Modda (nomi) Vitamin Е (D-alfa-tokoferol)
    1- / 2-kapsuladagi tarkib 10 mg / 20 mg
    2 kapsuladagi tavsiya etilgan kunlik ehtiyojning %* 200%**
    Modda (nomi) Omega-3 oilasiga mansub polito‘yinmagan yog‘ kislotalari: Eykozapentayen kislotasi (EPK)
    1- / 2-kapsuladagi tarkib 286 mg / 572 mg
    2 kapsuladagi tavsiya etilgan kunlik ehtiyojning %* 95,3%***
    Modda (nomi) Omega-3 oilasiga mansub polito‘yinmagan yog‘ kislotalari: Dokozageksayen kislotasi (DKG)
    1- / 2-kapsuladagi tarkib 214 mg / 428 mg
    2 kapsuladagi tavsiya etilgan kunlik ehtiyojning %* 61%***

    Tarkibi: Baliq yog’i, jelatin, namlikni saqlovchi vosita: glitserin; emulgator: poliglitserin va yog‘ kislotalarining efirlari; suv, laymning efir moyi (Citrus Aurantifolia), o‘rta zanjirli triglitseridlar, chia moyi (Salvia Hispanica), kungaboqar letsitini, d-alfa tokoferol (E vitamini), kungaboqar moyi (Helianthus Annuus), antioksidantlar: aralash tokoferollar, alfa tokoferollar, zaytun moyi

    Potensial allergenlar haqida ma’lumot: mahsulotda baliq, soya, yong‘oq va fundukning juda kam miqdori bo‘lishi mumkin. Tarkibida GMO mavjud emas.

    Ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddatining tugash sanasi qadoqning pastki qismida ko‘rsatilgan.

    Barchasini ko‘rsatish

    Qo'llanilish sohasi:
    BFQ — E vitamini va Omega-3 polito'yinmagan yog' kislotalarining qo'shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Dori vositasi hisoblanmaydi.

    Qanday qabul qilinadi:
    Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga — 1 kapsuladan kuniga 2 mahal ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.

    Qabul davomiyligi:
    3 oy. Zarur bo'lganda, kursni takrorlash mumkin. Qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

    Молодая женщина принимает комплекс Omega3
    Barchasini ko‘rsatish