Qaynoq yangiliklar

Amway kompaniyasining O‘zbekistonda rasmiy ochilishi!

01 September 2026

Bugun Amway Central Asia uchun tarixiy voqea yuz berdi — Amway kompaniyasi O‘zbekistonda rasman o‘z faoliyatini boshladi!

Shu paytdan boshlab har bir inson Hamkor, VIP+ Mijoz yoki Mijoz sifatida ro‘yxatdan o‘tishi, buyurtmalarni rasmiylashtirishi va yangi bozorda Amway biznesini rivojlantirishi mumkin.

«Biznesni qanday boshlash kerak?» sahifamizda batafsil ma’lumot oling.

O‘zbekistonda qayta ro‘yxatdan qanday o‘tish mumkin
Agar siz Markaziy Osiyoning boshqa davlatida Amway kompaniyasining Hamkori yoki VIP+ Mijozi bo‘lsangiz va O‘zbekistonda faoliyat yuritishni istasangiz, qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi:

  • O‘zbekistonga ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatni o‘zgartirish uchun arizani to‘ldiring (arizani yuklab olish).
  • Arizani Amway kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy elektron pochta manziliga yuboring: infouz@amway.com.
  • Arizangiz tekshirilib, tasdiqlangandan so‘ng O‘zbekistonga o‘tkazilasiz. Buni shaxsiy kabinetingizda mamlakat nomi o‘zgargani orqali yoki Kontakt markaziga murojaat qilish orqali kuzatishingiz mumkin.

  • Agar siz O‘zbekistonda AMT sifatida faoliyat yuritishni davom ettirmoqchi bo‘lsangiz, mamlakat o‘zgartirilgandan so‘ng O‘zbekiston soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tishingiz va saytda AMT sifatida ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yakunlashingiz kerak.

    Rezidentlar va norezidentlar — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, YTT va MChJ uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil bosqichma-bosqich yo‘riqnoma havola orqali mavjud.


    *E’tibor bering, «o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar» ro‘yxatdan o‘tish shakli uchun hujjatlarni qabul qilish vaqtincha mavjud emas va keyinroq yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

  • AMT va DVOU shartnomalarini elektron shaklda imzolang;
  • ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan e-mail manzilingizga yuboriladigan tasdiqni kuting.


Ro‘yxatdan o‘tishda to‘g‘ri e-mail manzilini kiriting

Kompaniya saytida ro‘yxatdan o‘tishda amaldagi elektron pochta manzilini ko‘rsatish zarur. U akkauntingizga kirish, Kompaniyaning rasmiy xabarlarini hamda xaridlar bilan bog‘liq hujjatlarni olish uchun kerak bo‘ladi.

Ko‘rsatilgan e-mail manziliga quyidagilar yuboriladi:

  • akkauntingizning dastlabki ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari;
  • Kontakt markaziga murojaat qilganda shaxsingizni tasdiqlash uchun PIN-kod;
  • Kompaniya saytida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha elektron fiskal cheklar.


Fiskal cheklar bilan tasdiqlangan xaridlar uchun siz chek summasining ma’lum foizini olishingiz va keyinchalik ushbu mablag‘larni bank kartangizga qaytarishingiz mumkin. Buning uchun chekni Soliq ilovasida skanerlashingiz kerak.

Iltimos, ro‘yxatdan o‘tish formasini yuborishdan oldin elektron pochta manzilingizni diqqat bilan tekshiring. To‘g‘ri e-mail manzili Kompaniya bilan biznes yuritish, akkauntingizga kirish imkoniyatini tiklash, zarur ma’lumotlarni olish va xaridlaringiz uchun mablag‘larning bir qismini qaytarish uchun muhimdir.

Buyurtmalarni yetkazib berish

Biz sizning buyurtmalaringizni tez va uzoq kutmasdan olishingiz uchun eng yaxshi xizmatni taqdim etishga intilamiz.

Shuning uchun Toshkent vaqti bilan soat 12:00 gacha rasmiylashtirilgan buyurtma o‘sha kunning o‘zida yetkazib beriladi!

Soat 12:00 dan keyin rasmiylashtirilgan buyurtmalar esa keyingi kuni yetkazib beriladi.

Amway kompaniyasining O‘zbekistondagi Kontakt markazi

1-sentabrdan boshlab Amway kompaniyasining O‘zbekistondagi Kontakt markazi to‘liq rejimda ishlaydi.

Jamoamiz ro‘yxatdan o‘tish, mahsulotlar, buyurtmalarni rasmiylashtirish va biznes imkoniyatlari bilan bog‘liq savollaringizga javob berishga tayyor.

Telefon: +998 78 707 00 98
E-mail: infouz@amway.com
Ish vaqti: dushanba–juma kunlari, Toshkent vaqti bilan 9:00 dan 18:00 gacha

Shuningdek, saytda onlayn qo‘ng‘iroq xizmati mavjud. Siz Kontakt markazi mutaxassisi bilan onlayn qo‘ng‘iroq orqali bepul bog‘lanishingiz yoki chatga yozishingiz mumkin.
Amway Central Asia tarixining yangi sahifasi boshlandi!

Sizga yangi bozorda muvaffaqiyatli start, yorqin yutuqlar va katta natijalar tilaymiz!

Ochilgan imkoniyatlardan foydalaning, biznesingizni kengaytiring va Amway bilan birgalikda O‘zbekistonda o‘z muvaffaqiyat hikoyangizni yarating!