www.amway.uz saytida mijozning roʻyxatdan oʻtish shartlari (quyida – «Roʻyxatdan oʻtish shartlari»)


  1. Men tomonimdan Mijoz (quyida – «Mijoz») sifatida roʻyxatdan oʻtish maqsadida roʻyxatdan oʻtish shaklida koʻrsatilgan barcha ma'lumotlar haqiqiy hisoblanadi. Koʻrsatilgan ma'lumotlarning dolzarbligini saqlashni, u oʻzgargan taqdirda, bu haqda darhol Kompaniyani xabardor qilishni kafolatlayman va majburiyatini olaman;
  2. Mijozlar uchun Hamkorlik shartlari va qoidalari (quyida – «Qoidalar»); Amway Veb-saytining maxfiyligi toʻgʻrisidagi nizom, Saytdan foydalanish shartlari, «ACAU» MChJ XK da Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi nizom; buyurtmalarni rasmiylashtirish, mahsulotni sotib olish va yetkazib berish shartlari; Kompaniyaning oʻz ixtiyoriga koʻra bir tomonlama tartibda Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan va qayta koʻrib chiqiladigan hamda www.amway.uz veb-saytiga joylashtiriladigan Mijozlarga qoʻyiladigan talablar va shartlar yoki Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan boshqa usullar bilan mazkur Roʻyxatga olish shartlarining 6-bandida koʻzda tutilgan tartibda tanishdim va ularga roziman.
  3. «ACAU» MChJ XK da Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi nizomda bayon etilgan shartlarda oʻz shaxsiy ma'lumotlarimning qayta ishlanishiga roziligimni hamda Kompaniya nomidan SMS, elektron pochta orqali xabarlar va boshqa har qanday aloqa kanallari, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmasdan IOS va Android uchun ilovalar orqali Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan har qanday mazmundagi, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmasdan, axborot, reklama, tavsiya xarakteridagi tarqatmalarni mening roʻyxatga olish shaklimda koʻrsatilgan Telefon raqamiga yoki Elektron pochta manziliga olishga roziligimni taqdim etaman.
  4. Kompaniya nomidan SMS, elektron pochta va boshqa har qanday aloqa kanallari, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmasdan, IOS va Android uchun ilovalar orqali tarqatmalarni olishni rad etish uchun men mazkur Roʻyxatga olish shartlarining 13-bandida koʻrsatilgan pochta manzili boʻyicha yoki infouz@amway.com manziliga elektron pochta orqali Kompaniyaga tegishli soʻrovni yuborishim zarur.
  5. Mening Kompaniya nomidan SMS, elektron pochta va va boshqa har qanday aloqa kanallari, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmasdan, IOS va Android uchun ilovalar orqali tarqatmalar olishni rad etishim Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatiga ta'sir qilishi mumkinligi haqida xabardorman, buni tushunaman va bunga roziman.
  6. Kompaniya tomonidan Mijozlar uchun oʻrnatiladigan qoidalar, shartlar, proseduralar, talablar va hk.lar va ularga oʻzgartirishlar bilan quyidagi usullardan biri yordamida oʻz vaqtida tanishib borish majburiyatini olaman:
    1. Kompaniyaning www.amway.uz eb-saytida yoki boshqa tegishli rasmiy saytda,
    2. Mijoz Amvey haqida bilib olgan shaxs orqali,
    3. Kompaniya tomonidan tegishli axborot bilan tanishish uchun oʻrnatilgan boshqa har qanday usul yordamida.
  1. Kompaniya nomidan mening manzilimga yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan (agar shunday usulga Kompaniya tomonidan ruxsat berilgan boʻlsa) har qanday xabarlar, talablar, xabarnomalar, tasdiqlar yoki soʻrovlarni yetkazib berilgan va qabul qilingan deb hisoblash majburiyatini olaman. Bunday xabarlar, talablar, xabarnomalar, tasdiqlar yoki soʻrovlar quyidagi hollarda tegishli tarzda yuborilgan va olingan hisoblanadi:
    1. ushbu roʻyxatga olish shaklida koʻrsatilgan tegishli manzilga shaxsan, pochta orqali yoki kuryer bilan yetkazib berilganida,
    2. ushbu roʻyxat shaklida koʻrsatilgan elektron pochta orqali olingan taqdirda, yoki
    3. Kompaniyaning www.amway.uz rasmiy saytidagi mening shaxsiy kabinetim orqali yetkazilganida.

    Bunda Kompaniya oʻzi yuboradigan xabarlar, xabarnomalar, talablar, soʻrovlar, tasdiqlarni rasmiylashtirishning qoʻshimcha usullari va uzatish tartibini oʻrnatishi mumkin.
  1. Kompaniya manziliga yozma yoki elektron shaklda, agar bunday usulga Kompaniya tomonidan ruxsat berilsa, xabarlar, talablar, xabarnomalar, tasdiqlar yoki soʻrovlar yuborish majburiyatini olaman. Bunday xabarlar, talablar, xabarnomalar, tasdiqlar yoki soʻrovlar quyidagi holatlarda tegishli tarzda yuborilgan va olingan hisoblanadi:
    1. Kompaniyaning ushbu roʻyxatdan oʻtish shaklida koʻrsatilgan manziliga shaxsan, pochta orqali yoki kuryer bilan yetkazilgan taqdirda,
    2. Kompaniyaning ushbu roʻyxatdan oʻtish shaklida koʻrsatilgan elektron pochtasi orqali olingan taqdirda, yoki
    3. Kompaniyaning www.amway.uz rasmiy saytidagi shaxsiy kabinetim orqali yetkazilganida.

    Bunda Kompaniya qoʻshimcha yoki boshqa manzillarni, oʻz manziliga xabarlar, xabarnomalar, talablar, soʻrovlar, tasdiqlarni rasmiylashtirish usullari va uzatish tartibini oʻrnatishi mumkin.

    Men oʻzim tomonimdan yuqorida koʻrsatilgan talablari va shartlariga rioya qilinmaganida, Kompaniya mendan boradigan xabarlar, talablar, xabarnomalar, soʻrovlarni ular tegishli tarzda rasmiylashtirilmaganligi sababli koʻrib chiqmaslik huquqini oʻzida qoldirishini tushunaman va bunga roziman.
  1. Kompaniyadan mahsulot sotib olish ishlari men tomonimdan faqat tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy foydalanish uchun amalga oshiriladi.
  2. Men tomonimdan ovqatga biologik faol qoʻshimchalarni (quyida – «BFQ») sotib olish ishlari, xususan, biroq bu bilan cheklanmasdan, quyidagi shartlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
    1. Kompaniya tovar nakladnoyida va/yoki Kompaniya tomonidan rasmiylashtiriladigan boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan BFQ ni Mijozga topshirish majburiyatini oladi, Mijoz esa BFQ ni olish va ularni Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan shartlarga muvofiq toʻlash majburiyatini oladi;
    2. Tomonlarning kelishuviga koʻra, Kompaniya BFQ ni Mijozning manziliga yetkazib berishga haqli. Bu holda yetkazib berish qiymati va shartlari Kompaniya tomonidan qoʻshimcha ravishda belgilanadi;
    3. BFQ ning sifati boʻyicha Kompaniyaga bildiriladigan shikoyatlar BFQ ning yaroqlilik muddati davomida qabul qilinadi;
    4. BFQ ning Mijozga sotishning har qanday shakli va/yoki BFQ ni Oʻzbekiston boʻylab yoki boshqa mamlakatga yetkazib berish ishlari, faqat bunga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va/yoki qoʻllanadigan boshqa qonunchilik boʻyicha yoʻl qoʻyilsa, amalga oshirilishi mumkin;
    5. Men roʻyxati www.amway.uz saytida va Amway tomonidan ma'muriy boshqariladigan boshqa rasmiy saytlarda Kompaniyaning savdo ob'ektlaridan birida BFQ namunalari (shu jumladan qoʻllash, saqlash sharoitlari bilan) bilan tanishdim va BFQ sotuvchisi hamda ishlab chiqaruvchisi haqidagi axborotni oldim.
  1. Men tomonimdan Kompaniya tarafidan oʻrnatilgan Qoidalarning bandlari va talablari, Roʻyxatdan oʻtish shartlari yoki boshqa talablar buzilgan taqdirda, Kompaniya meni Mijoz sifatida roʻyxatga olishni rad etish, mavjud registrasiyamni bekor qilish yoki toʻxtatish huquqiga ega.
  2. Mijozning Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan holatlardagi va quyida koʻrsatilgan usullardan biri bilan ifodalangan roziligi:
    1. Mijozning Kompaniya tomonidan belgilangan harakatlarning sodir etishi, shu jumladan uning rasmiy veb-saytlaridagi, xususan, www.amway.uz, saytidagi harakatlari, yoki
    2. Kompaniya tomonidan belgilangan boshqa usullar, yuridik kuchi boʻyicha yozma shaklda ifodalangan va oʻz qoʻli bilan imzolangan roziligiga ekvivalent.

«ACAU» MChJ XK kontaktlari va rekvizitlari

Pochta va haqiqiy manzili:

Oʻzbekiston Respublikasi, 100084, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 2-uy, Biznes markaz 1 (AB bloki), 93-ofis

Bank rekvizitlari:

Hisob raqami: 20208000107363387001
Bank: OʻzR TIF Milliy banki AJning «Bosh operatsion» MUB
Bank kodi (MFO): 00450
STIR: 312 624 940
ИНН: 312 624 940
IFUT: 47910

Telefon: +998 78 707 00 98

Elektron pochta manzili (email): infouz@amway.com

Veb-sayt: www.amway.uz