Amway bestsellerlari

glister™
Ko‘p funksiyali tish pastasi

UZS 117,000.00
UZS 99,450.0099450.0
Ro'yxatdan o'tgandan keyingi narx:
Artikul: 124106
Og'irligi/hajmi: 151 ml/200 g
Miqdori:

    Materiallar kutubxonasi

    Glister™ Ko’p funksiyali tish pastasi

    Qadam
    Glister™ ko‘p funksiyali ftorli tish pastasi tishlarni oqartirishga, choy va qahva dog‘larini ketkazishga yordam beradi, har bir tozalashda nafasni tetiklashtiradi.

    REMINACT™ kompleksi tiklovchi ta’siri tufayli erta kariyesni bartaraf etishga va tish emalini tiklashga yordam beradi.

    Glister™ tish pastasi o‘z samaradorligini isbotladi: u kariyes paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi* va tish emalini ftor bilan ta’minlaydi.

    Tishlarni cho‘tka va pasta bilan tozalash og‘iz bo‘shlig‘ini kundalik parvarish qilishning ajralmas qismidir. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mos keladi.

    *Therametric Technologies, Inc. kompaniyasi tomonidan olib borilgan 17-368-sonli reminerallashtiruvchi va deminerallashtiruvchi ta’sir tadqiqoti

    Glister™ ko’p funksiyali tish pastasining afzalliklari:

    • Oddiy suv bilan taqqoslaganda tishlar emalini 75.84%* ga samaraliroq tozalaydi
    • Tarkibida emal uchun xavfsiz tabiiy yaltiratuvchi modda mavjud
    • Og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiomasining noyob muvozanatini saqlaydi
    • Nafasni tetiklashtiradi
    • Emalni himoya qiladi va mustahkamlaydi
    • Qahva, choy va tamaki dog‘larini samarali va yumshoq tozalaydi (tamaki g‘uborini 22,85%**ga samaraliroq ketkazadi)
    • Milklar salomatligini yaxshilaydi
    • Tishlar tusini 42,42%*** ga oqroq qiladi
    *Therametric Technologies, Inc. kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan 20-328-sonli Enamel Polishing Potential In vitro tadqiqotlari. **ISO etalon nazorati bilan taqqoslaganda. Therametric Technologies, Inc. kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan 20-327-sonli In vitro PCR (Pellicle Cleaning Ratio) tadqiqotlari. ***Namunalarning dastlabki qiymatlari bilan taqqoslanganda. Therametric Technologies, Inc. kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan 20-326-sonli In vitro PCR (Pellicle Cleaning Ratio) tadqiqotlari.
    Sog’lom tabassum uchun 3 qadam
    Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilishning tushunarli uch bosqichli Glister™ tizimi kundalik gigiyenani osonlikcha qo‘llab-quvvatlanadigan oddiy odatga aylantirishga yordam beradi. Og‘iz bo‘shlig‘ining samarali gigiyenasi - bu har kuni tishlarni cho‘tka va pasta bilan tozalash, kun davomida nafas olishni yangilash uchun tish iplari va chayish vositasi hamda spreydan foydalanishdir.
    95% iste'molchilar Glister™ og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish tizimidan foydalanganda ularning og'iz bo'shlig'i va/yoki tishlari tozaroq bo'lganini ta'kidladilar*.
    *Therametric Technologies, Inc. kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan 20-328-sonli Enamel Polishing Potential In vitro tadqiqotlari.
    Yangiligi nimada?
    - Parabenlarsiz yangilangan formula
    Sertifikatlangan Nutrilite™ fermalarida yetishtirilgan yalpizning yangi ta’mi
    Qulay ochiladigan qopqoqli yangi qadoq
    Hajmi:
    151 ml (200 g)
    1 ta tyubik 198 marta qo‘llashga yetadi
    Formula tarkibida quyidagilar mavjud emas:
    • Parabenlar
    • Spirt
    • Perekislar
    • Shakar
    • Hayvonlardan olinadigan ingrediyentlar
    Glister™ afzalliklari:
    With Plant-Based Goodness™o‘simlik asosida olingan tasdiqlangan formula va ingrediyentlar

    Tish pastasi formulasi ftorning tasdiqlangan kuchini ta’minlaydi va o‘simlik va tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan ingrediyentlarni, shu jumladan sertifikatlangan Nutrilite™ fermalarida yetishtirilgan kuzatiladigan qalampirmunchoqni o‘z ichiga oladi.

    Glister™ mahsulotlari og‘iz bo‘shlig‘ini himoya qilish va parvarishlash hamda mikrobiom muvozanatini saqlashga yordam berishiga ishonch hosil qilgan holda, tetiklantiruvchi, tabiiy ta’mdan, yangilik va tozalik hissidan bahramand bo‘ling.

    Sifat nazorati va xavfsizlik

    Glister™ mahsulot formulalari xavfsiz va samarali bo‘lib, ishlab chiqarishning har bir bosqichida sinchkovlik bilan nazorat qilinadi.

    Og‘iz bo‘shlig‘ini kompleks parvarishlash uchun 3 bosqichli Glister™ tizimining har bir elementi ilmiy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan va klinik sinovdan o‘tkazilgan.

    Kuzatib boriladigan ingrediyentlar

    Glister™ og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish tizimi mahsulotlari tarkibiga kuzatib borish tamoyillariga javob beradigan, sertifikatlangan Nutrilite™ fermalarida yetishtirilgan qalampirmunchoq kiradi. nutrilitetraceability.com saytiga kiring va Nutrilite™ sertifikatlangan fermalarida yetishtirilgan yalpizning kelib chiqish guvohnomasini ko‘rish uchun sahifani pastga aylantiring.


    5 dan +32 Selsiy darajagacha haroratda tashish.

    Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab yaroqlilik muddati: 3 yil. Istalgan artikulning amaldagi yaroqlilik muddatini quyidagi Telegram bot orqali bilib olishingiz mumkin: @amway_order_bot.
    Barchasini ko‘rsatish
    Tabiiy ingrediyentlar
    Yovvoyi yalpiz
    Qalampirmunchoq Nutrilite™
    Evkalipt
    TARKIBI: Water/Aqua, Sorbitol, Hydrated Silica, Glycerin, Propylene Glycol, Sodium Lauryl Sulfate, Xylitol, Cellulose Gum, PEG-8, Flavor/Aroma, CI 77891, Sodium Benzoate, Xanthan Gum, Sodium Fluoride, Sodium Saccharin, CI 42090, Limonene.
    Barchasini ko‘rsatish
    Glister™ qo’llanilishi bo’yicha tavsiyalar:

    Ushbu mahsulot Glister™ og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlash tizimining 1-QADAMI uchun mo‘ljallangan.

    Ertalab va kechqurun foydalaning.

    Eng yuqori samaradorlikka erishish uchun tishlarni kamida 2 daqiqa tozalang.

    Barchasini ko‘rsatish