glister™
Kattalar uchun universal tish cho‘tkalari (o'rtacha qattiqlikdagi tuklar)

UZS 181,000.00
UZS 153,850.00153850.0
Ro'yxatdan o'tgandan keyingi narx:
Artikul: 124110
Og'irligi/hajmi: 1 dona/4 dona
Miqdori:

    Materiallar kutubxonasi


    Glister™ Kattalar uchun universal tish cho‘tkalari

    Qadam
    Glister™ tish cho’tkasi - og‘iz bo‘shlig‘ini kundalik parvarish qilish uchun tengi yo’q yordamchi.
    Tish cho‘tkasi o‘zining eksklyuziv tuzilishi tufayli tishlarning barcha yuzalarida va ular orasidagi tish karashlarini samarali olib tashlashni ta’minlaydi. Cho‘tka boshchasining orqa tomonida joylashgan til va yonoqlarni tozalash uchun nasadka butun og‘iz bo‘shlig‘ini yanada puxta tozalashni ta’minlaydi va yanada ko‘proq bakteriyalarni yo’qotish imkonini beradi.
    Универсальные зубные щетки для взрослых

    Glister™ Kattalar uchun universal tish cho‘tkalarining afzalliklari:

    • Yumshoq va o‘rtacha qattiqlikdagi tuklar tish yuzasidagi karashni 84%* gacha yo’qotishga yordam beradi.
    • Dastasining egiluvchan bo‘yni ortiqcha bosimni kamaytiradi, bu esa milklarning yanada nozik tozalanishini ta’minlaydi.
    • Neylondan tayyorlangan tuklar, foydalanishning oxirigacha o‘z rangini saqlab qoladi.
    • In-mold texnologiyasi tufayli tish cho‘tkasining boshchasiga odatdagi tish cho‘tkasiga qaraganda taxminan 35% ko‘proq tuklar joylashtirilgan. Konussimon boshcha va qo‘shimcha tuklar kirib borish qiyin bo‘lgan joylarni ham samaraliroq tozalashni ta’minlaydi**.
    *ORMED Institute for Oral Medicine at the University tomonidan o‘tkazilgan 2021-6-sonli mexanik tozalash tadqiqotlari. **Amway kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar.
    Sog’lom tabassum uchun 3 qadam
    Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilishning tushunarli uch bosqichli Glister™ tizimi kundalik gigiyenani osonlikcha qo‘llab-quvvatlanadigan oddiy odatga aylantirishga yordam beradi. Og‘iz bo‘shlig‘ining samarali gigiyenasi - bu har kuni tishlarni cho‘tka va pasta bilan tozalash, kun davomida nafas olishni yangilash uchun tish iplari va chayish vositasi hamda spreydan foydalanishdir.
    95% iste'molchilar Glister™ og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish tizimidan foydalanganda ularning og'iz bo'shlig'i va/yoki tishlari tozaroq bo'lganini ta'kidladilar*.
    *Therametric Technologies, Inc. kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan 20-328-sonli Enamel Polishing Potential In vitro tadqiqotlari.
    Yangiligi nimada?
    - Til va yonoqlarni tozalash yuzasiga ega yangilangan dizayn
    Tuk qattiqligining ikki varianti: yumshoq yoki o‘rtacha qattiqlikdagi tuklar
    Hajmi:
    - 4 dona/qadoq
    Tarkibida quyidagilar mavjud emas:
    • bisfenol А
    • PVX
    • ftalatlar
    Glister™ afzalliklari:
    With Plant-Based Goodness™o‘simlik asosida olingan tasdiqlangan formula va ingrediyentlar

    Glister™ formulasi o‘simlik va tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan ingrediyentlarni, shu jumladan sertifikatlangan Nutrilite™ fermalarida yetishtirilgan kuzatiladigan qalampirmunchoqni o‘z ichiga oladi.

    Glister™ mahsulotlari og‘iz bo‘shlig‘ini himoya qilish va parvarishlash hamda mikrobiom muvozanatini saqlashga yordam berishiga ishonch hosil qilgan holda, tetiklantiruvchi, tabiiy ta’mdan, yangilik va tozalik hissidan bahramand bo‘ling.

    Sifat nazorati va xavfsizlik

    Glister™ mahsulot formulalari xavfsiz va samarali bo‘lib, ishlab chiqarishning har bir bosqichida sinchkovlik bilan nazorat qilinadi.

    Og‘iz bo‘shlig‘ini kompleks parvarishlash uchun 3 bosqichli Glister™ tizimining har bir elementi ilmiy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan va klinik sinovdan o‘tkazilgan.

    Kuzatib boriladigan ingrediyentlar

    Glister™ og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish tizimi mahsulotlari tarkibiga kuzatib borish tamoyillariga javob beradigan, sertifikatlangan Nutrilite™ fermalarida yetishtirilgan qalampirmunchoq kiradi. nutrilitetraceability.com saytiga kiring va Nutrilite™ sertifikatlangan fermalarida yetishtirilgan yalpizning kelib chiqish guvohnomasini ko‘rish uchun sahifani pastga aylantiring.

    Yaroqlilik muddati: cheklanmagan

    Muhim! Tish cho‘tkasini har 3 oyda almashtirib turing. Yangi cho‘tkalar tish karashini ko‘proq ketkazadi, eskilarida esa bakteriyalar to‘planib qoladi.

    Barchasini ko‘rsatish
    Material: cho‘tka dastasi - termoplast elastomerli polipropilen, tuk - neylon.
    Barchasini ko‘rsatish
    Glister™ qo’llanilishi bo’yicha tavsiyalar:

    Ushbu mahsulot Glister™ og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlash tizimining 1-QADAMI uchun mo‘ljallangan.

    Har kuni ertalab va kechqurun ko‘p funksiyali Glister™ tish pastasi bilan birga foydalaning.

    Barchasini ko‘rsatish