Atmos - Bank kartasi bilan onlayn to‘lov
Buyurtmani bank kartasi bilan to‘lash shartlari.
1. To‘lov usulini tanlang - bank kartasi bilan onlayn to‘lov.
2. Buyurtmani rasmiylashtirish sahifasida kerakli ma’lumotlarni to‘ldiring va buyurtmani tasdiqlang:
3. Buyurtmani tasdiqlaganingizdan so‘ng, bank kartasi bilan to‘lash sahifasi paydo bo‘ladi.
1. To‘lovni amalga oshirishni boshlash uchun karta ma’lumotlarini (Uzcard/Humo uchun karta raqami va amal qilish muddati; qolgan kartalar uchun karta raqami, amal qilish muddati, karta egasining bosh harflari va CVV/CVC) kiritish va "To‘lovni tasdiqlash" tugmasini bosish lozim.
* Karta raqami va amal qilish muddati kiritilgandan so‘ng, Uzcard/Humo kartalari foydalanuvchilari kartani kelgusi to‘lovlar uchun saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
** To‘lov sahifasini ochishda foydalanuvchiga interfeys tilini tanlash imkoniyati mavjud.
2. Keyin karta bilan bog‘langan telefon raqamiga yuboriladigan tasdiqlash kodini kiritish va tugmani bosish kerak.
3. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, foydalanuvchiga batafsil ma’lumot bilan muvaffaqiyatli to‘lov haqida ogohlantirish sahifasi ko‘rsatiladi.
*** Ushbu sahifada foydalanuvchi muvaffaqiyatli to‘lov cheki va fiskal chekni olishi mumkin.