Buyurtmani qanday rasmiylashtirish mumkin
- Mahsulot ustiga kursorni olib boring va «Savatimga qo‘shish» tugmasini bosing.
- Qalqib chiquvchi oynada «Hozir rasmiylashtirish» tugmasini bosing.
- Savatda «Buyurtmani rasmiylashtirish» tugmasini bosing. Davom etish uchun tizimga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.
Buyurtmani Kompaniyaga yuborishda Jo‘natuvchi ko‘radigan summa yakuniy bo‘lmasligi mumkin, chunki buyurtmani qayta ishlash vaqtida quyidagilar qo‘shilishi mumkin:
- Yetkazib berish narxi.
- Buyurtma ishtirokchisi bo‘lgan yangi Hamkorlarning ro‘yxatdan o‘tish badali qiymati, u buyurtmaga avtomatik ravishda qo‘shiladi.
- Shuningdek, sizning chegirmalaringiz summasi ham hisobga olinishi mumkin.
Buyurtmaning yakuniy qiymati va barcha tafsilotlarini buyurtma qayta ishlanganligi haqidagi tasdiqni olganingizdan keyin ko‘rishingiz mumkin.
Tegishli sifatga ega atir-upa va kosmetika mahsulotlari qaytarib olinmaydi. Mahsulot tanlashda ehtiyot bo‘ling va buyurtmangiz tarkibini mustaqil ravishda tekshiring.
Agar mavjud, ammo noto‘g‘ri Hamkor shartnoma raqami kiritilsa, ballar boshqa Hamkorga hisoblanadi. Bunday holatda ballarni tuzatish va Mukofotni qayta hisoblash bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.
Sayt orqali Guruhli birlashtirilgan buyurtmani rasmiylashtirishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, buyurtmalarni qayta ishlash tizimi buyurtmangizni bekor qilishi mumkin (xatoning turiga qarab).
Bu holda «Mening ofisim / Buyurtmalar tarixi» sahifasida buyurtma holati «Bekor qilingan» deb o‘zgaradi. «Buyurtma tafsilotlari» tugmasini bosib, bekor qilish sababini ko‘rishingiz mumkin.
Bekor qilingan buyurtmadagi xatoni tuzatish uchun mahsulotlarni qayta tanlashingiz SHART EMAS, shunchaki «Buyurtmani takrorlash» tugmasini bosing. Ushbu tugma bosilgandan so‘ng, dastlab shakllantirilgan buyurtma to‘liq Savatga ko‘chiriladi. Savatda kerakli o‘zgartirishlarni kiritib, buyurtmani qayta rasmiylashtirishingiz mumkin.
Buyurtmani «Buyurtma tafsilotlari» sahifasidan Savatga yuborishda «Buyurtmani takrorlash» tugmasini faqat bir marta bosing. Buyurtma ushbu tugma necha marta bosilsa, Savatga shuncha marta ko‘chiriladi.
Ya’ni, agar siz «Buyurtmani takrorlash» tugmasini ikki marta bossangiz, Savatda buyurtma ikki baravar ko‘rinadi. Natijada Savatdagi barcha mahsulotlarni o‘chirib, barcha amallarni qaytadan bajarishga to‘g‘ri keladi.
Oyning oxirgi kunida Hamkorlar faolligi yuqori bo‘lgani sababli sayt ishlash tezligi pasayishi mumkinligini inobatga oling.
- Agar Guruhli birlashtirilgan buyurtmani rasmiylashtirishda o‘z Amway ro‘yxatga olish raqamingiz uchun mahsulot sotib olishni rejalashtirmasangiz, Savatga 324168-artikuldagi «Buyurtmani ochish xizmati»ni qo‘shing.
- Siz birlashtirilgan buyurtmaning To‘lovchisi, Qabul qiluvchisi va Birinchi ishtirokchisi bo‘lishingiz hamda buyurtmani mustaqil ravishda to‘lashingiz kerak.
- Agar buyurtmani boshqa shaxs qabul qiladigan bo‘lsa, uning ismini «Buyurtmani tasdiqlash» bosqichida ko‘rsating yoki qabul qiluvchini o‘zgartirish formasini havola orqali to‘ldiring.