Oʻzbekistondagi hamkorlar uchun DIDOX tizimida Amway shartnomalarini imzolash boʻyicha yoʻriqnoma
Amway saytida roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, DIDOX tizimida ikkita hujjatni darhol imzolash zarur:
- AMT shartnomasi;
- Xizmat ko‘rsatish shartnomasi (XKSh).
Ikkala shartnomani ham imzolash Amway kompaniyasidan mukofot olish uchun majburiy shart hisoblanadi.
Agar sizda hali elektron raqamli imzo (ERI) yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) boʻlmasa, ularni olish tartibi tavsiflangan quyidagi yoʻriqnoma bilan tanishing:
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma (rus tilida)
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma (oʻzbek tilida)
Ishni boshlashdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qiling:
- XKSh tuzish uchun zarur hujjatlaringiz tayyor - Oʻzbekistonda AMT sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun hujjatlar roʻyxati;
- sizda amal qiluvchi ERI mavjud;
- kompyuteringizda E-IMZO ilovasi oʻrnatilgan va ishga tushirilgan - E-IMZO oʻrnatish boʻyicha video yoʻriqnoma;
- qurilmangiz internetga ulangan.
1. DIDOX tizimiga kiring
DIDOX tizimiga kirish sahifasiga oʻting va login hamda parol yoki ERI yordamida tizimga kiring. Agar siz hali DIDOX tizimida roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, Didox saytida ro'yhatdan o'tish havolasi orqali roʻyxatdan oʻting va hisob yarating.

2. Shartnomalarni toping
«Qoralamalar» boʻlimiga oʻting. Bu yerda imzolanishi kutilayotgan hujjatlar joylashgan.

3. Shartnomalarni imzolang
Bir nechta hujjatni bir vaqtning oʻzida yoki har bir shartnomani alohida imzolashingiz mumkin.
Bir nechta shartnomani bir vaqtning oʻzida imzolash uchun:
1. Kerakli shartnomalarni tanlang.
2. «Imzolash» tugmasini bosing.
3. Amalni ERI yordamida tasdiqlang

Shartnomani alohida imzolash uchun:
1. Shartnomani oching.
2. Unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshiring.
3. «Imzolash» tugmasini bosing.
4. Amalni ERI yordamida tasdiqlang

Shartnomalarni ERI yordamida imzolaganingizdan soʻng, ular imzolash uchun Amway kompaniyasiga yuboriladi. Kompaniya shartnomalarni bir ish kuni ichida imzolaydi.