- Home
- Kompaniya haqida
- Amway’ning farovonlikka kompleks yondashuvi
Amway’ning farovonlikka kompleks yondashuvi
Amway insonlarni hayot sifatini yaxshilashga ilhomlantiradi hamda hayotning barcha jabhalarida salomatlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bizning noyob yondashuvimiz ilg‘or tadqiqotlar, innovatsion mahsulotlar va hayotning har bir sohasida uyg‘unlikka erishishga yordam beradigan dasturlarni birlashtiradi
Amway va Stanford global hamkorligi: optimal farovonlik yo‘lidagi izlanishlar
Amway dunyoning yetakchi ilmiy muassasalaridan biri bo‘lgan Stanford universiteti tomonidan 2016-yilda boshlangan WELL for Life* global tadqiqotini qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha turmush tarzi, ovqatlanish, hissiyotlar va atrof-muhit inson salomatligi, o‘zini yaxshi his qilishi hamda uzoq umr ko‘rishiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi.
Amway tashabbusni boshidanoq strategik jihatdan qo‘llab-quvvatlab, Nutrilite Salomatlik instituti jamg‘armasi orqali $10 million ajratdi. Bu AQSH, Xitoy, Tayvan, Singapur va Tailanddan 32 000 dan ortiq inson ishtirok etgan keng ko‘lamli va noyob tadqiqot uchun asos bo‘ldi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, farovonlik shunchaki o‘zini yaxshi his qilishdan ko‘ra kengroq tushunchadir. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ijobiy va salbiy hissiyotlar,
- shaxsiy rivojlanish va idrok,
- uyqu sifati va jismoniy faollik darajasi,
- ovqatlanish va mikrobiom xilma-xilligi,
- stress darajasi va ijtimoiy faollik.
Ushbu ilmiy ma’lumotlar asosida Amway optimal salomatlik va har tomonlama farovonlikning asosini tashkil etuvchi 6 ta muhim jihatni belgiladi. Ular butun dunyo bo‘ylab insonlarga yanada sog‘lom, faol va uyg‘un hayot kechirishga yordam beradigan mahsulotlarimiz, dasturlarimiz va yechimlarimizni yaratishda asosiy yo‘nalishga aylandi.
*Tadqiqot haqida batafsil: Stanford WELL for Life
Farovonlikning 6 ta asosiy jihati
Biz hayotning barcha sohalarida uyg‘unlikka erishishga yordam beradigan oltita asosiy elementni belgiladik:
Sog‘lom tana
Sog‘lom tana optimal salomatlik va farovonlikka erishish yo‘lidagi muhim tarkibiy qismdir. Amway mikrobiom salomatligi uchun innovatsion va ilmiy asoslangan yechimlarni yaratib, o‘simlik tarkibiy qismlari va fitonutriyentlar kuchidan foydalanish orqali jismoniy farovonlikni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Sog‘lom ong
Fikrning ravshanligi, diqqatni jamlash va e’tiborlilik ijtimoiy hamda hissiy omillar yordamida erishiladigan ijobiy ruhiy holatni shakllantiradi. Amway AMTlar yetakchiligidagi hamjamiyatlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, empatik hamkorlik madaniyatini rivojlantirish hamda tana va ong o‘rtasidagi uyg‘unlikni chuqur anglash orqali sog‘lom ong va ijobiy fikrlashni mustahkamlash hamda qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini taklif etadi.
Jamiyat bilan aloqadorlik
Mazmunli munosabatlarni shakllantirish insonga tegishlilik hissini berish va ijtimoiy aloqalarni ta’minlash uchun juda muhim. Bu uzoq umr ko‘rish, salomatlik va farovonlikni yaxshilashga yordam beradi. Insonlarga yangi aloqalar o‘rnatishda yordam berib va atrofimizdagi hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlab, Amway AMTlar bilan hamkorlikda insonlarning boshqalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va o‘z ahamiyatini his qilishiga ko‘maklashish uchun hamjamiyatlarning o‘zgartiruvchi kuchidan foydalanadi.
Shaxsiy rivojlanish
Shaxsiy rivojlanish insonning qobiliyatlari va salohiyatini rivojlantiradigan, hayot sifatini yaxshilaydigan hamda maqsad va intilishlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Amway’da biz insonlarga xulq-atvori, qarashlari, qadriyatlari, harakatlari va odatlarini uyg‘unlashtirish uchun zarur qadamlarni tashlashga yordam beradigan, rivojlanishga yo‘naltirilgan fikrlash yondashuvidan foydalanamiz.
Moliyaviy farovonlik
O‘z moliyaviy holatini nazorat qilish har tomonlama farovonlikka erishishga yordam beradi. Amway salomatlik va farovonlikka qiziqadigan insonlarga shaxsiy moliyaviy maqsadlariga erishish, kelajakdagi moliyaviy barqarorligiga ishonch bilan qarash va mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi.
Sog‘lom sayyora
Sayyora salomatligi insonlar salomatligi, o‘simliklar salomatligi va sog‘lom uydan boshlanadi. Amway puxta o‘ylangan mahsulotlar va amaliyotlar yordamida atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish ustida ishlab, shuningdek, insonlarga shaxsiy yashash muhitini yaxshilash imkonini beradigan yechimlarni taqdim etish orqali sayyorani sog‘lomlashtirishga maqsadli va samarali hissa qo‘shadi.
Bunga qanday erishamiz?
Amway quyidagilarni birlashtirib, salomatlik va farovonlik sari noyob yo‘lni yaratadi:
Biz shunchaki mahsulotlarni taklif etmaymiz. Biz insonlarga hayotning barcha sohalarida uyg‘unlikka erishish uchun qo‘llab-quvvatlash, ilhom va zarur vositalarni topishga yordam beramiz
Bizni nima ajratib turadi?
Amway quyidagilar tufayli farovonlik madaniyatini yaratish va rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi: