Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi mijozlar uchun hamkorlik shartlari va qoidalari

1. KIRISH: Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi mijozlar uchun ushbu hamkorlik shartlari va qoidalari (quyida – «Mijozlar uchun hamkorlik shartlari va qoidalari») Mijozlar va Amway kompaniyasining oʻzaro munosabatlari shartlarini rasmiylashtirish va tuzilmalashga chaqirilgan.

2. TA'RIFLAR:

2.1. Mijoz – Amway kompaniyasining rasmiy Internet-saytida yoki Amway jismoniy joylashgan nuqtada Mijoz sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxs;

2.2. VIP+ Mijoz – Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan miqdordagi registratsiya badalini toʻlagan yoki bepul roʻyxatdan oʻtish uchun zarur boʻlgan shaxsiy ballarning muayyan miqdorini toʻplagan mijoz. Roʻyxatdan oʻtish yigʻimlari faqat Amway kompaniyasining roʻyxatdan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash maqsadlarida undiriladi va Amway tizimida a'zolikni saqlash uchun toʻlov hisoblanmaydi. Bunda faqat ushbu toifadagi Mijozlar boshqa odamlarga Kompaniya bilan hamkorlikni tavsiya etish huquqiga ega.

3. OʻZGARTIRISHLAR: Amway kompaniyasi, Amway rasmiy adabiyotlaridagi yoki Amway rasmiy Internet-saytidagi oʻzgarishlar haqidagi ma'lumotlarni chop etgan holda hamda qonunchilik bilan ruxsat etilgan boshqa usullar va mexanizmlar orqali, Mijozlar uchun hamkorlik shartlari va qoidalarini toʻliq yoki qisman modifikasiyalashga haqli. Barcha oʻzgarishlar ular chop etilgan kundan yoki xabarnomada qayd etilgan kechroq sanadan kuchga kiradi. Amway har qanday nomuvofiqliklarni, kanselyariya yoki tipografiya xatolarini tuzatishga doir oʻzgartirishlarni tegishli xabarnomani taqdim etmagan holda kiritishga haqli.

4. TALABLAR: Amway kompaniyasi bir tomonlama tartibda roʻyxatga olishni rad etish va har qanday roʻyxatga olish shaklini rad etish huquqini oʻzida qoldiradi. Amway kompaniyasining har qanday shaxsni Mijoz sifatida roʻyxatga olishni rad etish huquqini cheklamagan holda, Mijoz maqomini olishga da'vogarlik qilayotgan shaxs:

4.1. 18 yoshdan kichik boʻlmasligi;

4.2. Qamoqda yoki har qanday axloq-tuzatish muassasasining nazorati ostida boʻlmasligi hamda Mijoz sifatida roʻyxatdan oʻtish huquqi yoki faoliyati taqiq ostida boʻlmasligi;

4.3. Amaldagi AMT Shartnomasining egasi boʻlmasligi / VIP+ Mijoz sifatida amaldagi registratsiyaga ega boʻlmasligi yoki amaldagi AMT Shartnomasi boʻyicha / VIP+ Mijoz sifatida amaldagi registratsiyaning Tayinlangan shaxsi sifatida chiqmasligi;

4.4. Amaldagi AMT Shartnomasining / VIP+ Mijoz sifatida amaldagi registratsiyaning tomoni hisoblangan shaxs bilan rasmiy nikohda boʻlmasligi;

4.5. AMT Shartnomasining qoidalarini / Mijozlar uchun hamkorlik shartlari va qoidalarini buzganligi sababli Amway faoliyatidan chetlatilmagan boʻlishi shart.

VIP+ Mijoz maqomini tasdiqlash uchun qoʻshimcha ravishda:

4.6. Toʻgʻri pasport ma'lumotlarini (ID-karta ma'lumotlari) taqdim etishi;

4.7. Registratsiya badalini toʻlagan boʻlishi, yoki bepul roʻyxatdan oʻtish uchun zarur boʻlgan ballarning muayyan miqdorini toʻplagan boʻlishi;

4.8. VIP+ Mijoz sifatida amaldagi registratsiyaga ega boʻlmasligi;

4.9. VIP+ Mijoz sifatida amaldagi registratsiyaga ega boʻlgan shaxs bilan rasmiy nikohda boʻlmasligi zarur.

5. QABUL QILISH; KUCHGA KIRISHI: Mijoz, VIP+ Mijoz roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirar va taqdim etar ekan, ushbu Mijozlar uchun hamkorlik shartlari va qoidalarini qabul qiladi. Roʻyxatdan oʻtish shakli Kompaniyada roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi. Kompaniya shaklning roʻyxatdan oʻtish sanasi haqidagi axborotni Mijozga uning soʻrovi boʻyicha taqdim etadi, yoki Kompaniyaning ixtiyoriga koʻra uni istalgan usulda xabardor qiladi. Bunda Mijoz Kompaniyaning ma'lumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan sanadan boshlab 30 (oʻttiz) taqvim kuni davomida Amway mahsulotiga buyurtma joylashtirishi ham lozim. Koʻrsatilgan muddat davomida Amway mahsulotiga buyurtmalar boʻlmaganida, Mijozning registratsiyasi oʻchiriladi, Mijozda Kompaniyada yangidan roʻyxatdan oʻtish imkoniyati paydo boʻladi.

VIP+ Mijoz maqomi Mijozga uning xohishiga koʻra beriladi. Buning uchun roʻyxatdan oʻtish yoki Amway kompaniyasining rasmiy Internet-saytida VIP+ Mijoz maqomiga oʻtishi hamda toʻgʻri pasport ma'lumotlarini taqdim etishi va roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlashi, yoki bepul roʻyxatdan oʻtish uchun zarur boʻlgan muayyan miqdordagi shaxsiy ballarni toʻplashi kerak. VIP+ Mijoz uchun Amway mahsulotiga beriladigan chegirma miqdori 15% ni tashkil qiladi. VIP+ Mijoz maqomini saqlash uchun har yili Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan miqdordagi roʻyxatdan oʻtish yigʻimini toʻlash lozim.

Agar VIP+ Mijoz oʻzining maqomini tasdiqlamasa, uning tavsiyasi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan Mijozlar ushbu VIP+ Mijozga Amway biznesi haqida gapirib bergan shaxs bilan oʻzaro munosabatlarni boshlashadi. Yuz bergan oʻzgarishlar yakuniy hisoblanadi.

6. ROʻYXATDAN OʻTISH SHAKLINING AMAL QILISH MUDDATI: Agar roʻyxatdan oʻtish shakli Mijoz yoki Amway tashabbusi bilan bekor qilinmagan boʻlsa, uning amal qilish muddati, koʻrsatilgan davr davomida Amway mahsulotiga buyurtmalar yoʻqligi sharti bilan, roʻyxatdan oʻtish sanasidan boshlab 365 taqvim kunidan keyin avtomat tarzda yakunlanadi. Ushbu muddatdan keyin roʻyxatdan oʻtish shaklining amal qilish muddatini uzaytirish koʻzda tutilmagan, demak, Mijoz yangi roʻyxatdan oʻtish shaklini tuzish uchun Amway kompaniyasiga murojaat qilishga haqli.

6.1. SIZGA AMWAY HAQIDA GAPIRIB BERGAN SHAXSNI ALMASHTIRISH: Agar Mijoz oʻzi roʻyxatdan oʻtayotgan paytda Amway haqida bilib olgan shaxs sifatida koʻrsatgan shaxsni oʻzgartirmoqchi boʻlsa, u oʻzining www.amway.uz saytidagi shaxsiy sahifasida amaldagi Mijoz sifatidagi registratsiyasini oʻchirishi va unga Amway haqida gapirib bergan yangi shaxsni koʻrsatgan holda yangidan roʻyxatdan oʻtishi lozim.

6.2. Agar VIP+ Mijoz oʻzi roʻyxatdan oʻtayotgan paytda Amway haqida bilib olgan shaxs sifatida koʻrsatgan shaxsni oʻzgartirmoqchi boʻlsa, buni quyidagicha qilishi mumkin:

• Kompaniyaga unga Amway haqida gapirib bergan oʻzining joriy va yangi shaxslari, hamda joriy malakali Platina Yetakchisi yozma shaklda tasdiqlangan oʻz xohishi yozilgan yozma arizani taqdim etish; yoki

• Kompaniyaga yozma ariza taqdim etgan holda amaldagi VIP+ Mijoz sifatidagi roʻyxatdan oʻtish shaklini bekor qilish va, 6.5-bandga muvofiq nofaollik davrini oʻtkazib, unga Amway haqida gapirib bergan yangi shaxsni koʻrsatgan holda yangidan roʻyxatdan oʻtish.

6.3. Agar VIP+ Mijozning tavsiyasi boʻyicha Kompaniyada boshqa kishi ham roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, VIP+ Mijoz Amway haqida bilib olgan shaxsni oʻzgartirish bunday VIP+ Mijoz uchun boshqa Mijozlar bilan birga Kompaniyaning ichki proseduralari asosida amalga oshiriladi.

6.4. Agar Amway haqida boshqa shaxslarga gapirib bergan VIP+ Mijoz oʻzi roʻyxatdan oʻtayotgan paytda unga Amway haqida gapirib bergan shaxsni mustaqil ravishda, ya'ni uning tavsiyasi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslarsiz oʻzgartirmoqchi boʻlsa, bunday VIP+ Mijoz Kompaniyaga unga Amway haqida gapirib bergan oʻzining joriy va yangi shaxslari, hamda joriy malakali Platina Yetakchisi yozma shaklda tasdiqlangan oʻz xohishi yozilgan yozma arizani taqdim etishi kerak. Agar qolgan Mijozlar ham VIP+ Mijozdan oʻrnak olib, uning ortidan ularga Amway haqida gapirib bergan shaxsni oʻzgartirishni xohlashsa, bunday oʻzgartirish faqat Kompaniyaning ixtiyoriga koʻra va 6.3-bandda tavsiflangan shartlarda amalga oshirilishi mumkin.

Agar Mijoz ilgari VIP+ Mijoz boʻlgan boʻlsa, keyin oʻzining maqomini Mijozga oʻzgartirib, unga roʻyxatdan oʻtish paytida oʻzi koʻrsatgan Amway haqida gapirib bergan shaxsni oʻzgartirish uchun VIP+ Mijoz sifatidagi registratsiyasini oʻchirgan va keyin VIP+ Mijoz/AMT sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, Mijoz oldingi VIP+ Mijoz sifatidagi dastlabki registratsiyasining amal qilish muddati toʻxtagan paytdan boshlab, 6/24 oylik nofaollik davridan oʻtishi zarur (nofaollik davrida taqiqlangan faoliyatning tavsifi 6.7-bandda keltirilgan).

6.6. Agar Mijoz ilgari AMT boʻlgan boʻlsa, keyin oʻzining Mijoz maqomini oʻzgartirgan yoki roʻyxatdan oʻtayotgan paytida unga Amway haqida gapirib bergan shaxsni oʻzgartirish uchun oʻzining AMT sifatidagi registratsiyasini oʻchirib, VIP+ Mijoz/AMT sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, Mijoz oldingi AMT sifatidagi dastlabki registratsiyasining amal qilish muddati toʻxtagan paytdan boshlab, 6/24 oylik nofaollik davridan oʻtishi zarur (nofaollik davrida taqiqlangan faoliyatning tavsifi 6.7-bandda keltirilgan).

6.7. Quyida sanab oʻtilgan har bir harakat, 6.5 – 6.6-bandlarda tavsiflangan harakatlarga muvofiq, nofaollik davriga rioya qilishning buzilishi sifatida qaraladi:

6.7.1. Bevosita Amway kompaniyasidan istalgan Amway tovarlari va xizmatlarini sotib olish (Amway mahsulotlarini shaxsiy foydalanish uchun sotib olish bundan mustasno);

6.7.2. Boshqa shaxslarga Amway mahsuloti yoki Kompaniya bilan hamkorlik boʻyicha har qanday tavsiyalarni berish;

6.7.3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki boshqa mamlakatlarda har qanday AMT tomonidan tashkil qilingan yoki oʻtkazilgan istalgan oʻrgatuvchi, ragʻbatlantiruvchi va boshqa tadbirlarda qatnashish;

6.7.4. Amway kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladigan har qanday tadbirda qatnashish;

6.7.5. Boshqa Mijoz/AMT nomidan yoki uning iltimosi boʻyicha, oʻzining yoki begona nom bilan har qanday faoliyatda qatnashish.

7. AMWAY MAHSULOTINI ILGARI SURISH: Mijoz Amway mahsulotini olib sotish, ilgari surish va/yoki uchinchi shaxslarga berish maqsadida sotib olishga haqli emas.

7.1. YOPIQ BOZORLARDA AVTORLASHTIRILMAGAN FAOLIYAT: Amway kompaniyasi rasman taqdim etilmagan istalgan mamlakat yoki istalgan hududda amalga oshiriladigan, Amway kompaniyasiga taalluqli boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

8. INTERNET – HAMJAMIYATLAR: Internet – hamjamiyatlarni yaratish huquqi VIP+ Mijozlarga taqdim etilgan. VIP+ Mijoz oʻziga tegishli boʻlgan yoki oʻzi boshqaradigan raqamli maydonchalardagi xususiy yoki jamoat muhitlarida Amway mahsulotlarini muhokama qilish va kontentni chop etish uchun Internet – hamjamiyatlarni yaratishi mumkin. Ushbu kontent audio- va videomateriallarni, tasvirlarni (mahsulotlar, odamlar va boshqalarning), Amway mahsuloti bilan yoki mahsulotisiz selfilarni va boshqalarni oʻz ichiga oladi, bunda unga hamroh boʻlgan matn haqqoniy, aniq va adashtirmaydigan boʻlishi shart.

Ushbu kontentni obuna boʻlgan/uni olish istagini bildirgan odamlar, yoki VIP+ Mijoz bilan shaxsiy oʻzaro munosabatlari yoʻlga qoʻyilgan shaxslar olishlari mumkin. Spam tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

VIP+ Mijoz har qanday raqamli maydonda narxlar (mahsulotlarning narxlari yoki chegirmalar haqidagi har qanday ma'lumot) haqidagi ma'lumotni koʻrsatmasligi kerak, quyidagilar bundan mustasno:

• shaxsiy raqamli kommunikatsiyalar (shaxsiy xabarlar, sms, elektron pochta orqali xabar va h.k.);

• "bahamlashish" funksiyasi yordamida joylashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri havola yoki Amway rasmiy raqamli maydonchasidan post;

• www.amway.uz saytida oʻzining shaxsiy sahifasiga havolalar;

• VIP+ Mijozga tegishli raqamli maydonda VKontakte tarmogʻidagi hamjamiyatlar, quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi sharti bilan:

o mahsulot narxlari Amway rasmiy raqamli maydonlarida koʻrsatilgan chakana narxlardan farq qilmaydi;

o savdo Amway rasmiy raqamli maydonida amalga oshiriladi (www.amway.uz saytida).

9. TURLI MASALALAR:

9.1. VIP+ Mijoz roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirayotganda oʻziga yaqin qarindosh1 hisoblangan Tayinlangan Shaxsni qoʻshishi mumkin.

9.2. VIP+ Mijoz Kompaniyani quyidagilarga ishontiradi:

9.2.1. Roʻyxatdan oʻtish shakli tuzilayotgan paytda Tayinlangan shaxs 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak;

9.2.2. Tayinlangan shaxs Kompaniya va/yoki Amway bilan boshqa hech qanday kelishuv ishtirokchisi yoki tomoni hisoblanmaydi;

9.2.3. VIP+ Mijoz Tayinlangan shaxsning har qanday harakatlari uchun javobgar hisoblanadi;

9.2.4. VIP+ Mijozning majburiyatlari buzilishiga olib keladigan Tayinlangan shaxsning har qanday harakati VIP+ Mijozning oʻzi tomonidan Mijozlar uchun Hamkorlik shartlari va qoidalarining buzilishini anglatadi;

9.2.5. Kompaniya oʻz ixtiyoriga koʻra Tayinlangan shaxsga tadbirlarda qatnashishni va biror-bir imtiyozlarni berishni rad etish huquqini oʻzida qoldiradi;

9.2.6. Tayinlangan shaxs VIP+ Mijozlar uchun moʻljallangan biror-bir chegirmalar dasturida koʻzda tutilgan boʻlishi mumkin boʻlgan hech qanday chegirmaga haqli emas.

9.2.7. VIP+ Mijoz sifatida roʻyxatga olingan nikohda boʻlgan shaxs oʻzining eri yoki xotini Amway faoliyati doirasida amalga oshiradigan har qanday harakat VIP+ Mijozning harakatlari bilan bevosita bogʻliqligini anglaydi.
Agar VIP+ Mijoz roʻyxatdan oʻtish shaklida Tayinlangan shaxsning shaxsiy ma'lumotlarini koʻrsatsa, VIP+ Mijoz «ACAU» MChJ XKda shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash haqidagi mazkur Shartlar va Qoidalarda koʻzda tutilgan maqsadlar uchun Tayinlangan shaxsning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga uning oldindan beradigan roziligini olish majburiyatini oladi.

9.3. CHEGIRMALAR DASTURI: VIP+ Mijozlar chegirmalar dasturida qatnashadi. Barcha dasturlar boʻyicha bonuslar chegirmalar hisobiga oʻtkaziladi va Amway mahsulotlarini yana xarid qilish uchun chegirmalar shaklida foydalanilishi mumkin.

9.4. AMT MAQOMINI OLISH: AMT maqomini olish uchun Mijozlar AMT Shartnomasini tuzishlari va Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan boshqa talablarga javob berishlari kerak. Amway biznesini yuritish uchun yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT)/yuridik shaxs (MChJ) sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlish, Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan boshqa talablarga javob berish va Kompaniyadan pul toʻlovlarini olish uchun Pullik xizmatlarni koʻrsatish shartnomasini tuzish zarur. Alohida holatlarda Amway biznesini yuritish uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishga yoʻl qoʻyiladi.

9.4.1. PULLIK XIZMATLARNI KOʻRSATISH SHARTNOMASINI IMZOLAMASLIK: Agar AMT maqomida roʻyxatdan oʻtgan VIP+ Mijoz roʻyxatdan oʻtgan sanadan boshlab oʻttiz (30) taqvim kuni ichida Pullik xizmatlarni koʻrsatish shartnomasini imzolamagan boʻlsa va/yoki shartnomani tuzish uchun zarur boʻladigan barcha yoʻldosh hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, AMT maqomida roʻyxatga olish bekor qilinadi va sherik 30 taqvim kuni oʻtganidan keyin avtomat tarzda VIP+ Mijoz maqomiga oʻtkaziladi. Bunda imzolangan Pullik xizmatlarni koʻrsatish shartnomasi boʻlmagan davrda AMT maqomida boʻlganlik uchun mukofot puli hisoblanmaydi va toʻlanmaydi. Koʻrsatilgan davr uchun chegirmalar va chegirma hisobvarogʻiga hisoblanadigan boshqa mukofotlar ham hisoblanmaydi. VIP+ Mijoz maqomiga avtomat oʻtkazilganidan keyin AMT maqomini tiklash uchun takror AMT maqomida roʻyxatdan oʻtish va AMT Shartnomasini hamda Pullik xizmatlarni koʻrsatish shartnomasini imzolash talab qilinadi.

9.5. PASPORT MA'LUMOTLARI: Mijoz oʻzining Mijoz maqomini VIP+ Mijoz maqomiga oʻzgartirganida boshqa shaxslarni Kompaniyada roʻyxatdan oʻtishga taklif qilish imkoniyati uchun Kompaniyaga oʻzining pasport ma'lumotlarini (ID-karta ma'lumotlarini) taqdim etishi zarur.

9.6. AMWAY NOMIDAN, TOVAR BELGILARIDAN VA MUALLIFLIK HUQUQLARIDAN FOYDALANISH: Mijoz Amway kompaniyasining tovar belgilaridan yoki boshqa intellektual mulkidan foydalanish yoki ularni oʻzlashtirish huquqiga ega emas.

9.7. MAXFIYLIK: Amway va/yoki Kompaniyaning ishlab chiqarish, boshqaruvchilik, moliyaviy faoliyatining turli tomonlari va sohalari haqidagi, Amway va/yoki Kompaniyaning mahsulotlari va biznes-imkoniyatlari haqidagi ommaviy hisoblanmagan axborot, shuningdek Homiylik koʻmagi liniyasi (HKL) haqidagi har qanday axborot Amway va/yoki Kompaniyaning tijorat siri hisoblanadi va, mos ravishda, Amway va/yoki Kompaniyaning shaxsiy mulkida boʻlgan maxfiy axborotga kiradi. Mijozning roʻyxatdan oʻtish shakli amal qiladigan muddat davomida Mijoz Amway va/yoki Kompaniyaning maxfiy axborotidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgani uchun, Mijoz Amway va/yoki Kompaniyaning oldindan beradigan yozma roziligisiz maxfiy axborotni uchinchi shaxslarga bermaslik va/yoki uni oshkor qilmaslik majburiyatini oladi. Maxfiylik majburiyatlari Mijozning roʻyxatdan oʻtish shaklining butun amal qilish muddati davomida va u yakunlanganidan keyin 1 (bir) yil davomida oʻz kuchini saqlaydi.

9.8. QONUNLAR, QARORLAR VA KODEKSLARGA RIOYA QILISH: Mijozlar qonunchilikka, normalarga va Kompaniya tomonidan oʻrnatilgan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishlari kerak va Amway va/yoki Mijozning obroʻsiga putur etkazishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirmasliklari zarur.

9.9. MANIPULYASIYA QILISH: Mijozlardan hech kim imtiyozlar dasturlari va Amway rejasining shartlariga muvofiq ishlab topilmagan chegirmalar, bonuslar yoki farqlash belgilarining hisoblanishiga olib keladigan, imtiyozlar dasturlarining har qanday komponentini, Amway Sotuvlar va marketing hamda chegirmalar hajmi rejasini qalbakilashtirish bilan shugʻullanishga haqli emas.

9.10. SOXTA AXBOROTNI TAQDIM ETISH: Mijozlar haqqoniy va aniq boʻlmagan bayonotlarni berish huquqiga ega emas, shu jumladan, cheklanmasdan:

9.10.1. Mahsulotlarning xususiyatlarini oshirib koʻrsatish yoki Amway mahsulotlari haqida tasdiqlanmagan bayonotlarni berish;

9.10.2. Mahsulotlarga ular ega boʻlmagan xususiyatlarni berish yoki Amway kompaniyasiga taalluqli boʻlmagan tovarlarni Amway brendi ostida ilgari surish;

9.10.3. Amway kompaniyasining original oʻramini yoki adabiyotlarini boshqa oʻramga oʻrash va oʻzgartirish;

9.10.4. Oʻzini Amway kompaniyasining xodimi sifatida tanishtirish.

9.11. TIL BIRIKTIRISH; QOIDABUZARLIKKA UNDASH: Mijoz Mijozlar uchun Hamkorlik shartlari va qoidalarini buzish maqsadida har qanday shaxs bilan til biriktirmasligi va boshqa Mijozlarni qoidabuzarlikka undamasligi kerak.

9.12. QOIDABUZARLIKLAR HAQIDA MAJBURIY XABAR BERISH: Mijoz boshqa AMT/Mijozdan kelayotgan real yoki ehtimoliy qoidabuzarliklar haqidagi ma'lumotlarni Amway kompaniyasiga oʻz vaqtida taqdim etishi shart.

9.12.1. TEKSHIRISHGA KOʻMAKLASHISH: Mijozlar Amway kompaniyasining har qanday tekshiruviga koʻmak koʻrsatishlari zarur.

9.13. HAMKORLIK SHARTLARINING BUZILISHI: Mijozlar uchun Hamkorlik shartlari va qoidalari buzilgan taqdirda, Amway kompaniyasi Mijozni bu haqda yozma yoki elektron pochta orqali xabardor qilgan holda, Mijozning registratsiyasini toʻxtatishga haqli.

9.13.1. Kompaniya 30 taqvim kuni oldin kechiktirmasdan xabarnoma yuborgan holda, Mijozning roʻyxatdan oʻtish shaklining amal qilishini toʻxtatishga haqli.

9.13.2. Amway ehtimoliy qoidabuzarlik haqida gumon paydo boʻlganida tekshiruv oʻtkazishga haqli.

9.13.3. Sheriklar Amway kompaniyasini aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabardor qilishlari shart.

9.13.4. Amway toʻplangan faktlar asosida qaror qabul qiladi.

9.13.5. Mijoz oʻz registratsiyasi toʻxtatilishi bilan bogʻliq Amway kompaniyasiga nisbatan shikoyatlardan voz kechadi.

9.14. SANKSIYALAR: Mijozlar uchun Hamkorlik shartlari va qoidalari buzilgan taqdirda, Amway oʻz ixtiyoriga koʻra quyidagi harakatlarni amalga oshirishga haqli:

9.14.1. Mijozdan oʻqib oʻrganishini talab qilish;

9.14.2. Mijozning huquqlarini vaqtinchalik toʻxtatish;

9.14.3. Chegirmalar taqdim etishni toʻxtatish;

9.14.4. Qoidabuzarlik yozma tan olinishini talab qilish;

9.14.5. Roʻyxatdan oʻtish shaklini bekor qilish, hamda qonunchilik tomonidan ruxsat etilgan boshqa choralarni qoʻllash.

9.15. VOZ KECHISHNING YOʻQLIGI: Agar qoidabuzarlik aniqlanganidan keyin Amway choralar koʻrmasa, bu kelgusida uning shikoyatlar taqdim etish huquqidan voz kechganini bildirmaydi.


1 Er, xotin, ota-ona, farzandlar, asrab oluvchilar, asrab olingan farzandlar, tugʻishgan aka-ukalar va tugʻishgan opa-singillar, bobolar, buvilar, nabiralar.